KIA o‘zining eng kuchli modelini namoyish qildi

KIA o‘zining eng kuchli modelini namoyish qildi
KIA o‘zining eng kuchli modelini namoyish qildi

Janubiy Koreyaning KIA kompaniyasi rasman eng tezkor Stinger modelini namoyish etdi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi Detroyt avtosalonida taqdim etgan modelini o‘z tarixidagi eng kuchlisi deb atamoqda.

KIA Stinger 2,0 (4 silindrli, turbo) va 3,3 (juft turboli V6) litrli ikkita benzinli motorlardan biri bilan taqdim etiladi. Uning birinchisi 255 ot kuchini bersa, ikkinchisi 365 ot kuchi bilan ta’minlaydi, deb yozadi Kun.uz sayti.
KIA o‘zining eng kuchli modelini namoyish qildi

Ularning ikkisi ham 8 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi bilan hamkorlikda mashinani harakatga keltiradi. V6 motorli namunasi 5,1 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi. Eng yuqori tezligi soatiga 270 kmni tashkil etadi.
KIA o‘zining eng kuchli modelini namoyish qildi

KIA Stinger orqa g‘ildiraklari etakchi bo‘lgan platformada ishlab chiqilgan bo‘lib, 55 foizi o‘ta pishiq po‘latdan ishlangan. Shu bilan birga, u orqa va barcha g‘ildiraklari etakchi bo‘lgan namunalarda ishlab chiqiladi.
KIA o‘zining eng kuchli modelini namoyish qildi

Eng arzon KIA Stinger diodli bosh chiroqlar, Nappa charmlari bilan o‘ralgan o‘rindiqlar, boshqaruv elektronikasi tartibini o‘zgartirish tizimi (Personal, Eco, Sport, Comfort va Smart tartiblari mavjud), 18 yoki 19 dyuymli g‘ildiraklar, Brembo tormozi, proeksiya displeyi va mobil qurilmalar uchun simsiz quvvatlash tizimi bilan jihozlanadi.
KIA o‘zining eng kuchli modelini namoyish qildi

Bundan tashqari, avtomatik to‘xtash tizimi, old to‘qnashuvdan ogohlantirish tizimi, qulay kruiz-kontrol, harakat qatorini kuzatish funksiyasi va orqaga harakatlanganda yaqinlashib kelayotgan avtomobildan ogohlantirish tizimi kabilar ham mavjud bo‘ladi.
KIA o‘zining eng kuchli modelini namoyish qildi

KIA Stinger 2017 yil oxiridan AQShda sotila boshlanadi. Ammo, hozircha, uning narxi e’lon qilinmagan.
KIA o‘zining eng kuchli modelini namoyish qildi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.