Peterburgda migrant taksistlar akkauntlari ommaviy bloklandi

Peterburgda migrant taksistlar akkauntlari ommaviy bloklandi

Sankt-Peterburgda taksi sohasida chet elliklar faoliyatiga joriy etilgan cheklovlar amalga kirgach, qisqa fursat ichida agregatorlar tomonidan 58 mingdan ziyod migrant-haydovchi akkaunti o‘chirib qo‘yildi.

Ma’lum qilinishicha, har kuni o‘rtacha 20 ta qonunsiz taksist aniqlanmoqda. Ular mamlakatdan ma’muriy tartibda chiqarib yuborilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

Avgust oyidan buyon taksi kompaniyalarida haydovchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlari ham sezilarli kamaygan. Agregatorlar ma’lumotida aytilishicha, haydovchilar soni taxminan 12 foizga qisqargan, ammo bunday kamayish shahar yo‘llarida transport oqimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.