Pulli parkovkalar narxlarni o‘zboshimchalik bilan belgilayotgani rostmi?

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi pulli avtoturargohlar faoliyatini tekshirishni boshladi.
Tekshiruv doirasida 66 ta kompaniya, jumladan Toshkent shahridagi avtoturargoh operatorlarida ustun muzokara kuchi mavjudligi aniqlangan. Ayni paytda ularning narxlar va shartlarga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish holatlari o‘rganilmoqda.
Qo‘mita ularni bozorda hukmron mavqega emas, balki savdo bitimlari shartlari va xizmat hududlari bo‘yicha katta ta’sirga ega kompaniyalar deb tan olishi mumkin. Agar bu tasdiqlansa, qo‘mita ularning faoliyati ustidan rasmiy kuzatuvni boshlaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













