O‘zbekiston aholisi nechta yengil avtomobilga ega? Javob sizni hayratga soladi

O‘zbekiston aholisi nechta yengil avtomobilga ega? Javob sizni hayratga soladi

O‘zbekistonda avtomobil egalari soni yildan-yilga tez sur’atlarda ko‘paymoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-oktyabr holatiga mamlakatda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 725,9 mingta avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tgan.

Eng katta ulushni, ya’ni 92,9 foizini yengil avtomobillar tashkil etadi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan avtomobillar soni 415,3 mingtaga oshgan.

Avtotransport vositalari turlari bo‘yicha taqsimot

  • Yengil avtomobillar — 4 392,4 ming dona
  • Yuk avtomobillari — 312,7 ming dona
  • Mikroavtobuslar — 7,5 ming dona
  • Maxsus transport vositalari — 7,3 ming dona
  • Avtobuslar — 6 ming dona

Mamlakatda avtomobillar sonining ortib borishi aholining harakatchanligi, shaxsiy transportga bo‘lgan talabning o‘sishi hamda so‘nggi yillarda avtomobil bozoridagi liberallashtirish jarayonlari bilan izohlanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.