Toshkentdagi 78 ta “zapravka”larning ish vaqti o‘zgardi

Toshkentdagi 78 ta “zapravka”larning ish vaqti o‘zgardi

Toshkent shahridagi 78 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)ning ish vaqti soat 06:00 dan kechki 23:00 gacha etib belgilandi. Ushbu choralar aholi xonadonlari va ijtimoiy ob’ektlarda tabiiy gaz bosimi pasayishini oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Energetika vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu vaqtinchalik cheklovlar “metan zapravkalar” faoliyatining davom ettirilishi va gaz ta’minoti tizimining muvozanatini saqlashga qaratilgan zaruriy choralar sifatida joriy etilmoqda.

\"Hududgaz Poytaxt\" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabariga ko‘ra, cheklovlar vaqtinchalik bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.