Xitoyda qaysi mashinalar haqiqatan sifatli? Top–5 e’lon qilindi

Xitoyda qaysi mashinalar haqiqatan sifatli? Top–5 e’lon qilindi

Xitoy avtomobil bozorida modellar ko‘payib ketgan bir paytda, qaysi mashinalar haqiqatan ham sifatli ekaniga aniqlik kiritildi. China Automotive Quality Net platformasi mahalliy zavodlarda ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar orasida eng ishonchli va muammosiz modellar reytingini e’lon qildi.

Reyting xitoylik iste’molchilarning shikoyatlari va salbiy fikrlari asosida tuzilgan. Qoida oddiy: kimda muammo kam — o‘sha yuqorida.

1-o‘rin — Audi Q6

SAIC–Volkswagen qo‘shma korxonasi ishlab chiqaradi.

Ushbu model haqida salbiy fikrlar juda kam bo‘lgan — atigi 140 “jarima” ball. Shu sababli reyting peshqadamiga aylangan.

2-o‘rin — Honda UR-V

Honda–Dongfeng qo‘shma korxonasi mahsuloti.

142 ball bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Mustahkamlik va ishonchlilik asosiy ustunlik sifatida qayd etilgan.

3-o‘rin — Honda XR-V

Ham Honda–Dongfeng zavodida ishlab chiqariladi.

143 ball — kichik farq, ammo baribir top-3 ichida.

4-o‘rin — Audi Q2L

FAW–Volkswagen qo‘shma korxonasi mahsuloti.

145 ball bilan to‘rtinchi o‘rinda. Kompakt, ammo sifatdan ortga chekinmagan.

5-o‘rin — Honda Avancier

Honda–GAC zavodida ishlab chiqariladi.

146 ball bilan reytingni yakunladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.