Nissan Skyline sedani Infiniti Q50 nomi bilan qaytadi

Nissan Skyline sedani Infiniti Q50 nomi bilan qaytadi

Nissan kompaniyasi yangi avlod Nissan Skyline sedanini tayyorlamoqda. Ushbu avtomobil bozorga Infiniti Q50 nomi ostida chiqishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Infiniti vakillarining ma'lumotlariga ko'ra, yangi model kelasi yili taqdim etiladi. Amerika bozori uchun 400 ot kuchidan ziyod quvvatga ega 3,0 litrli V6 dvigateli o'rnatilishi rejalashtirilgan.

Nissan Skyline sedani Infiniti Q50 nomi bilan qaytadi

Shuningdek, mexanik uzatmalar qutisi ham taklif qilinishi mumkin.

Yangi avlod dizayni oldingi versiyalarga nisbatan sezilarli darajada o'zgaradi. Avtomobil yangilangan optika va kattalashtirilgan havo tortish tuynuklariga ega bo'ladi.

Orqa qismida esa Skyline va GT-R modellariga xos bo'lgan to'rtta dumaloq chiroq qaytarilishi kutilmoqda.

Texnik xususiyatlar hozircha to'liq oshkor etilmagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, xarajatlarni kamaytirish maqsadida avtomobil joriy V37 platformasini saqlab qolishi mumkin.

Yaponiya bozori uchun turli xil quvvat qurilmalari, jumladan gibrid tizimlar ham ko'rib chiqilmoqda. Ushbu model kompaniya qatoridagi eng asosiy mahsulotlardan biri sifatida baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.