BYD 1800 km masofa bosuvchi yangi Hiace 06 DM-i krossoverini taqdim etadi

BYD 1800 km masofa bosuvchi yangi Hiace 06 DM-i krossoverini taqdim etadi

Bugun, 26-may kuni BYD kompaniyasi oʻzining 2026-yilgi model qatoriga kiruvchi Hiace 06 DM-i oʻrta oʻlchamli krossoverining sotuvlarini rasman boshlaydi. Kompaniya vakillarining taʼkidlashicha, yangi model bir qator muhim jihatlar, jumladan, yurish masofasi, intellektual tizimlar, dizayn va qulaylik borasida sezilarli darajada modernizatsiya qilingan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Avtomobilning texnik xususiyatlari va narxlari batafsilroq keyinroq eʼlon qilinishi kutilmoqda, biroq yangi modelning ilk partiyalari allaqachon butun mamlakat boʻylab dilerlik markazlariga yetkazib berila boshlangan. Asosiy texnologik yangiliklardan biri sifatida lidar va DiPilot 300 avtopilot tizimi bilan jihozlangan takomillashtirilgan avtonom boshqaruv tizimini koʻrsatish mumkin.

Krossoverning ichki qismida yoʻlovchilar uchun yuqori darajadagi qulayliklar yaratilgan. Xususan, avtomobil massaj funksiyasiga ega oʻrindiqlar, old yoʻlovchi uchun maxsus oyoq tayanchi va havoni xushboʻylantirish tizimi bilan taʼminlangan. Bu esa uzoq masofali safarlarda haydovchi va yoʻlovchilarning charchab qolmasligiga xizmat qiladi.

Hiace 06 DM-i oldi uzatmali platformada qurilgan boʻlib, beshinchi avlod gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlangan. Tizim 101 ot kuchiga ega 1,5 litrli benzinli dvigatel va 218 ot kuchini taʼminlovchi elektromotordan iborat. Avtomobil faqat elektr rejimida 300 km, umumiy gibrid rejimida esa 1800 km dan ortiq masofani bosib oʻtish imkoniyatiga ega.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.