Hashamatli Mercedes-Maybach 6 Cabriolet namoyish qilindi

Hashamatli Mercedes-Maybach 6 Cabriolet namoyish qilindi
Germaniyaning Mercedes kompaniyasi tepa qismi ochiluvchi Mercedes-Maybach 6 konseptini taqdim etdi. Yangi avtomobil Pebbl-Bich (AQSh)da nafislik tanlovi doirasida namoyish qilindi. Ta’kidlash joizki, 2016 yilda bu erda Mercedes-Maybach 6 kupesi taqdim etilgan edi. \"Avtonovosti dnya\" nashri shu mavzuga to‘xtaldi.

Yangi avtomobilning uzunligi - 5,7 metr, eni esa 2 metrdan oshadi. Tepa qismi taxlanuvchi kabriolet bunday salmoqli o‘lchamlarga qaramay, atigi ikki o‘rinlidir. Agar konsept-kar seriyali ishlab chiqarishga berilsa, nemis kabrioleti bozorda Britaniyaning Rolls-Royce Wraith avtomobili bilan raqobatlashadi.
Hashamatli Mercedes-Maybach 6 Cabriolet namoyish qilindi
Avtomobil o‘z dizayni bilan o‘tgan asrning 40-50-yillaridagi klassik modellarni yodga solgan bo‘lsa, uning ichki qismi so‘nggi texnologiyalarga muvofiq ravishda ishlangan. Kabrioletning ichida muqobil jihozlar o‘rniga sensor ekranlar o‘rnatilgan bo‘lib, avtomobil tizimlari aynan shular orqali boshqariladi.
Hashamatli Mercedes-Maybach 6 Cabriolet namoyish qilindi
Hashamatli Mercedes-Maybach 6 Cabriolet namoyish qilindi

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.