Uchadigan Audi ishlanmalari bilan bolalar shug‘ullanadi

Uchadigan Audi ishlanmalari bilan bolalar shug‘ullanadi
Germaniyadagi «Kidzaniya» o‘yinli ta’lim bog‘ida Audi avtomobil dizayni bolalar markazi ochildi. Bu haqda «Eurasia Diary»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Maxsus uskuna yordamida bolalar konsept-karlar yaratishi, sinovlar o‘tkazishi hamda kelajak avtomobillari uchun interer ishlab chiqishi mumkin bo‘ladi. Konsept-karlarning uch varianti yaratiladi: sayohat mashinasi, oilaviy avtomobil va shahar konsepti. Asosiy shart — bu shunchaki avtomobil emas, kelajakning uchuvchi trasport vositasi bo‘lishi lozim.

Shuningdek, markazda poyga trassasi hamda texnik xizmat ko‘rsatish zonasi jihozlanadi. U yerda haqiqiy Audi misolida transport vositalari tuzilishi va ishlash prinsiplarini o‘rganish mumkin bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.