Nexia avtomobili moskvaliklar uchun talabgir avtomobillar bo‘yicha kuchli o‘ntalikdan o‘rin oldi

Nexia avtomobili moskvaliklar uchun talabgir avtomobillar bo‘yicha kuchli o‘ntalikdan o‘rin oldi
Nexia avtomobili moskvaliklar uchun talabgir avtomobillar bo‘yicha kuchli o‘ntalikdan o‘rin oldi

Moskvaliklar orasida talabgirligi bo‘yicha yangi avtomobillar markalari o‘ntaligidan birorta ham Rossiya avtomobil brendlari o‘rin olmadi. Bu haqda \"Avtostat\" tahliliy agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda

Tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva aholisi orasida yangi yengil avtomobillardan eng talabgiri Hyundai Solaris hisoblanadi: 2015 yilning 8 oyi davomida Moskvada bu avtomobildan 9,1 ming dona sotilgan. Bu borada 2-o‘rinni 5,88 ming dona sotilgan Kia Rio avtomobili egalladi.

Etakchi beshtalikka, shuningdek, Skoda Octavia (4,33 ming), Volkswagen Polo (3,9 ming) va Toyota Camry (3,04 ming) kirdi. Keyingi o‘rinlarni Nissan X-Trail, Kia Ceed, Skoda Rapid, Toyota RAV4 va Renault Duster avtomobillari egalladi.

Agentlikning ta’kidlashicha, moskvaliklarning yangi va tutilgan avtomobillar bozorlaridagi afzal ko‘rishliklari farqlanmoqda. Tutilgan avtomobillar orasida 8 oy ichida 7,45 ming dona sotilgan Ford Focus mashinasi egallamoqda. 2- va 3-o‘rinlarni 3,61 ming dona sotilgan Opel Astra va 3,19 ming dona sotilgan Volkswagen Passat egallamoqda.

4-o‘rinni Skoda Octavia (3,14 mingta), 5-o‘rinni Mercedes-Benz E-klass (3,11 mingta) egallagan. Moskvaliklar orasida talabgir tutilgan mashinalar etakchi o‘ntaligidan shuningdek, 5-seriyadagi BMW, Daewoo Nexia, VAZ-2107, Mitsubishi Lancer va Toyota Camry ham o‘rin olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.