Ravon mashinalariga bag‘ishlangan birinchi videorolik chiqdi


Rossiya telekanallari orqali yangi Ravon brendidagi avtomobillar reklama qilinmoqda. Dastlabki videorolik allaqachon internetga joylashtirildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Rossiyalik jurnalistlarning yozishicha, General Motors Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni aylanib o‘tish uchun bunday rebrendingga qo‘l urdi. Endi u Rossiyadagi ishlab chiqarishini yopib, O‘zbekistondan etkaziladigan mashinalar oqimini yanada kuchaytirish kutilmoqda.
Rossiyada General Motors’ning mashinalari Daewoo brendi ostida sotilayotgan kamdan-kam mamlakatlardan biri edi. Endilikda bu brend bozordan to‘liq chiqib ketadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













