Chevrolet Spark xetchbeki yanada shiddatli bo‘ldi


Chevrolet kompaniyasi Spark kompakt xetchbekining maxsus versiyasi —RS nomini olgan mashinani taqdim etdi. Ushbu yangilik Las-Vegasda o‘tadigan SEMA tyuning-shousida o‘zining shiddatkor ko‘rinishi bilan qatnashishi ko‘zda tutilgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Chevrolet Spark RS kabonatli orqa splitterga, shuingdek, shu materialdan tayyorlangan orqa bamperga va qora-kulrang rangga ega bo‘ldi. bundan tashqari, xetchbek 17-dyuymli g‘ildirak disklariga ega bo‘lib, uning bu tuzilishi Corvette superkariga o‘xshab ketadi.
Texnik ishlanmalar haqda aniq fikrlar bildirilmagan. Chevrolet Spark RS 94 ot kuchiga ega 1,4-litrli benzin motor bilan jihozlanishi kutilmoqda.
Konsept Chevrolet`ning Amerika va Janubiy Korea dizayn-studiyasi tomonidan shakllantirilgan. Kompaniyadagilarning ma’lum qilishicha, Spark RS turkumining omma qabul qilishiga qarab, ushbu seriyadagi mashinalar ishlab chiqarilishi boshlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













