GM Uzbekistan Janubiy Koreyadan 400 million dollarga ehtiyot qismlar sotib oladi

GM Uzbekistan Janubiy Koreyadan 400 million dollarga ehtiyot qismlar sotib oladi
GM Uzbekistan Janubiy Koreyadan 400 million dollarga ehtiyot qismlar sotib oladi

GM Uzbekistan va Daewoo International kompaniyalari O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish uchun 400 million dollarlik ehtiyot qismlar etkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Janubiy Koreya kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Daewoo International yangi shartnoma doirasida GM Korea zavodida sakkizta model, jumladan, Captiva, Orlando, Nexia, Cobalt va Lacetti uchun ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlarni etkazib beradi.

“Biz mazkur bitim O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarda biznesning kengayishi uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etishini kutmoqdamiz”, — deya Janubiy Koreya kompaniyasi vakili so‘zlaridan iqtibos keltirdi «Korea Times» nashri.

O‘tgan 2014 yilda Janubiy Koreya kompaniyasi O‘zbekistonga 163 million dollar miqdoridagi ehtiyot qismlarni etkazib bergan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.