"Jahonning eng yaxshi avtomobili" e’lon qilindi

"Jahonning eng yaxshi avtomobili" e’lon qilindi
27 martda Nyu-Yorkdagi avtosalonda “Yilning jahon avtomobili 2018” mukofoti egasini aniqlash bo‘yicha yakuniy ovoz berish bo‘lib o‘tdi. Tanlovga start 2017 yil 19 sentyabrda Frankfurtdagi avtosalonda berilgan va u avtomobillar olamidagi barcha asosiy tadbirlar bo‘ylab o‘tdi. G‘oliblarni 24 ta davlatdan avtomobillar olamini yorituvchi 82 professional jurnalistdan iborat hay’at tanladi.

Dastlab 34 ta avtomobildan iborat ro‘yxatdan 10 ta yetakchi avtomobil tanlab olingan. Yaqinda Jenevada o‘tgan avtosalonda esa 3 ta finalchi e’lon qilingan, bular: Mazda CX-5, Range Rover Velar va Volvo XC60. Va nihoyat, Nyu-Yorkdagi avtosalonda g‘olib aniqlandi: “Yilning jahon avtomobili 2018” nomiga Volvo XC60 mashinasi sazovor bo‘ldi.
"Jahonning eng yaxshi avtomobili" e’lon qilindi
Foto: volvopassion

Tanlovda mutlaq g‘olibdan tashqari bir nechta yo‘nalish bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Jahonning eng yaxshi avtomobil dizayni 2018 – Range Rover Velar
"Jahonning eng yaxshi avtomobili" e’lon qilindi
Foto: Carbon Traders

Jahonning eng ekologik avtomobili 2018 – Nissan Leaf
"Jahonning eng yaxshi avtomobili" e’lon qilindi
Foto: Pinterest

Jahonning eng yaxshi sport avtomobili 2018 – BMW M5
"Jahonning eng yaxshi avtomobili" e’lon qilindi
Foto: Automarket-News

Jahonning eng yaxshi premium avtomobili 2018 – Audi A8
"Jahonning eng yaxshi avtomobili" e’lon qilindi
Foto: Auto.cz

Jahonning eng yaxshi shahar avtomobili 2018 – Volkswagen Polo
"Jahonning eng yaxshi avtomobili" e’lon qilindi
Foto: Autogazette
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.