Avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi, avtobus va yuk mashinalari pasaydi

Avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi, avtobus va yuk mashinalari pasaydi
2018 yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 55,8 trln. so‘mni va o‘tgan yilga nisbatan 107,0% o‘sish sur’atini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali tarmog‘ining ulushi 1,2%ni (2017 yil yanvar- may oylarida - 1,8%), o‘rta-yuqori texnologiyali - 28,1% (20,4%), o‘rta-quyi texnologiyali - 31,6% (26,8%) va quyi texnologiyali - 39,1% (51,0%) tashkil etdi.

O‘z navbatida, ishlab chiqaradigan sanoatda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan traktor ishlab chiqarish 5,3 martaga, akril va vinil polimerlari asosidagi bo‘yoqlar va laklar – 41,9%ga, avtomobil dvigatellari 33,0%ga, yengil avtomobillar (ixtisoslashtirilganlarsiz) – 22,4%ga, dizel yoqilg‘isi – 24,8%ga, o‘simlik yog‘i (tozalangan) – 9,6%ga, avtomobil benzini – 0,6%ga va paxta tolasi – 1,9%ga oshgan.

Shu bilan birga, avtobuslar, yuk avtomobillari, portlandsement va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasaygan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.