O‘zbekistondagi eng noyob avtomobillar narxini bilasizmi? (foto)

O‘zbekistondagi eng noyob avtomobillar narxini bilasizmi? (foto)
O‘zbekistonda eng noyob avtomobillardan ikkitasi boshlang‘ich narxlar bilan sotuvga qo‘yildi. Bu haqida E-ijro Auksion xabar berdi.

Ulardan birining boshlang‘ich narxi 527 million so‘m, ikkinchisiniki 648 million so‘m deb belgilandi. Mazkur auksionda qatnashish uchun avtomobillar boshlang‘ich qiymatining 5 foizi miqdorida zakalat puli(mos ravishda 26 million va 32 million so‘m) to‘lash kerak.
O‘zbekistondagi eng noyob avtomobillar narxini bilasizmi? (foto)
Xabar berilishicha, ushbu antikvar transport vositalari sud qarori bilan auksionga qo‘yilgan. Ijro hujjati sanasi – 2014 yil.

Arizalar 31 iyulga qadar qabul qilinadi. Kimoshdi savdosining o‘zi 2 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu avtoulovlar sotuvga birinchi marta qo‘yilayotgani yo‘q. Bungacha ular kimoshdi savdosiga bir necha bor chiqarilgan, biroq g‘oliblar aniqlanmagan.

Ma’lumot uchun, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi bo‘lib, unda auksionlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish uchun tashkil etiladi va faqatgina elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkaziladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.