GM Uzbekistan "Cobalt" avtomashinasiga chegirma e’lon qildi

GM Uzbekistan "Cobalt" avtomashinasiga chegirma e’lon qildi
GM Uzbekistan AJ 20 dekabrdan 22 dekabrga qadar respublikamizning barcha avtosalonlarida “Cobalt” LS M/T (1-pozitsiya) avtomobilini xarid qilish istagida bo‘lganlar uchun maxsus Yangi yil aksiyasini e’lon qildi.

Aksiya davomida ushbu avtomobil uchun 100% to‘lov amalga oshirgan har bir xaridor 4 000 000 so‘m chegirmaga ega bo‘ladi. Aksiyaga jami 100 dona avtomobil ajratildi.

\"Respublikamizdagi dilerlik korxonalari hamda shartnomalar tuzish uchun mavjud avtomobillar ro‘yxati bilan GM Uzbekistan rasmiy saytida tanishishingiz mumkin\", - deyilgan kompaniya xabarida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.