Bugatti bolalar uchun avtomobil yaratdi (foto)

Bugatti bolalar uchun avtomobil yaratdi (foto)
Bugatti kompaniyasi 110 yillik yubileyi sharafiga eski avtomashinalarni xotirlab, u asosida yangi Baby II elektrmobilini yaratishga qaror qildi, deya xabar beradi “Daryo”.
Bugatti bolalar uchun avtomobil yaratdi (foto)
Elektr avtomobil eski poyga mashinasiga oʻxshaydi, biroq bir necha marta kichikroq. Avtomobilning korpusi 3D printerda chiqarilgan, uning ichida esa elektr dvigatel mavjud. Unga kichkina bola yoki boʻyi past boʻlgan katta odam kirishi mumkin.
Bugatti bolalar uchun avtomobil yaratdi (foto)
Avtomobil tizimida ikkita haydash tartibi mavjud — bolalar uchun 20 kilometr/soat tezlik, kattalar uchun esa 45 kilometr/soatgacha boʻlgan tezlik.
Bugatti bolalar uchun avtomobil yaratdi (foto)
Avtomobilda qoʻshimcha Speed Key boʻlib, u barcha cheklovlarni olib tashlab, dvigatel kuchini ikki barobarga oshirish imkonini beradi.
Bugatti bolalar uchun avtomobil yaratdi (foto)
Bolalar Bugatti avtomobilini ishlab chiqarish 2019 yilning kuz oylarida boshlanadi. Bor-yoʻgʻi 500 dona avtomobil ishlab chiqariladi.
Narxi 33 ming dollarga baholangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.