«Lacetti», «Malibu» va «Tracker» 2 foizli lizingga taklif etilmoqda

«Lacetti», «Malibu» va «Tracker» 2 foizli lizingga taklif etilmoqda
UzAuto Motors kompaniyasi yaqinlashayotgan Mustaqillik kuni va Qurbon hayiti bayramlari munosabati maxsus aksiya e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2019 yil 5 avgustdan 1 sentyabrga qadar UzAuto Motors kompaniyasi «O‘zavtosanoat-Lizing» bilan hamkorlikda 1 pozitsiyali va GBJli «Chevrolet Lacetti», «Malibu» va «Tracker» avtomobillarini lizingga taklif etadi.

Aksiya shartlariga ko‘ra, xaridorlar ushbu modellarni 13 oyga yillik 2 foizga lizingga olishlari mumkin.
Boshlang‘ich to‘lov «Malibu» va «Tracker» avtomobillari uchun 50 foiz, 1-pozitsiyali va GBJli «Chevrolet Lacetti» uchun 70 foizni tashkil qiladi.

Qayd etish o‘rinliki, bu aksiya faqat yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.