O‘zbekistonliklar «inomarka»larga xarajatlarni ko‘paytirishda davom etmoqda

O‘zbekistonliklar «inomarka»larga xarajatlarni ko‘paytirishda davom etmoqda
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston 257,6 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgan. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 56,3 foizga ko‘pdir.

Umuman olgan, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish asta-sekin tiklanmoqda. Masalan, yil boshida chet el avtomobillarini import qilish hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 baravar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, bahor boshida - 2,2 baravar, yoz boshida u 67 foizgacha tushdi, avgustda 72 foizga qadar ko‘tarildi, sentyabrda esa 74 foizni tashkil etdi.

Chet el avtomobillari importining umumiy o‘sishi aynan yanvar oyida qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish yengillashtirilgani bilan bog‘liq - agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va ishlab chiqarilgan sanasidan ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, unda unga nol stavkali boj qo‘llaniladi.

Biroq, 2020 yil 1 yanvardan import qilinadigan qimmat yengil avtomobillarga qo‘llanilgan bojxona qiymatining 20 foizi miqdoridagi imtiyozli stavka bekor bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.