Dunyoning eng yaxshi avtomobili e’lon qilindi

Dunyoning eng yaxshi avtomobili e’lon qilindi
Kia Telluride / Photo: Getty Images
World Car of the Year-2020 (Yilning jahon avtomobili 2020) tanlovi g‘olibi e’lon qilindi. Shuningdek, tanlovning yil sportkari, eng yaxshi dizayn va premial avtomobil yo‘nalishlaridagi g‘oliblari aniqlandi.

Mutaxassislar World Car of the Year-2020 tanloviga yakun yasashdi. Tanlovning bosh mukofotini 2019 yil boshida chiqarilgan Kia Telluride krossoveri qo‘lga kiritdi. Unga Mazda CX-30 va Mazda3 modellari raqobatchilik qilgan.
“Yil shahar avtomobili” yo‘nalishida Kia Soul EV elektrokari g‘olib bo‘lgan, eng yaxshi dizayn uchun mukofot Mazda3’ga topshirilgan.

Porsche Taycan birvarakay ikkita – “Yil sportkari” va “Yil premial avtomobili” yo‘nalishlarida g‘olib deb topilgan.
Tanlov g‘oliblari 10 aprelda boshlanishi kerak bo‘lgan Nyu-York avtosalonida e’lon qilinishi kerak edi, biroq avtomobil ko‘rgazmasi koronavirus pandemiyasi sababli avgust oxiriga qoldirildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.