O‘zbekistonda yengil zirhli avtomobil ishlab chiqilmoqda (foto)

O‘zbekistonda yengil zirhli avtomobil ishlab chiqilmoqda (foto)
O‘qlar va portlashlardan himoya etuvchi yengil zirhli avtomobil bir qator maqsadlar uchun mo‘ljallangan.

Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi mamlakatning maxsus uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxonalaridan biri «KRAN VA MAXSUS TEXNIKALAR» MCHJ bilan hamkorlikda «TARLON» (4x4) rusumli yengil zirhli avtomobilning (YEZA) tajriba namunasi ishlab chiqilmoqda.
O‘zbekistonda yengil zirhli avtomobil ishlab chiqilmoqda (foto)
Qo‘mita xabariga ko‘ra, o‘qlar va portlashlardan himoya etuvchi YEZA shaxsiy tarkibni tashish, ularni jang maydonida o‘q-dori va portlovchi moddalardan himoya qilish, xavfli hududlarda maxsus vazifalarni bajarish, mobil guruhlar va blokpostlarga olovli madad berish, qo‘shinlarni va avtotransport kolonnalarini himoya qilish, jangovar patrullik va boshqa jangovar vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.
O‘zbekistonda yengil zirhli avtomobil ishlab chiqilmoqda (foto)
Ta’kidlanishicha, o‘zining texnik va jangovar xususiyatlariga ko‘ra «TARLON», yetakchi xorijiy davlatlarning shu turkumdagi yengil zirhli avtomobillardan aslo qolishmaydi.
O‘zbekistonda yengil zirhli avtomobil ishlab chiqilmoqda (foto)
«TARLON»ning asosiy taktik va texnik tavsifi:
O‘zbekistonda yengil zirhli avtomobil ishlab chiqilmoqda (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.