Eng sifatli motor o‘rnatuvchi avtomobil kompaniyalari reytingi tuzildi (top-10)

Eng sifatli motor o‘rnatuvchi avtomobil kompaniyalari reytingi tuzildi (top-10)
Foto: «Mitsubishicars.com»
«CarMD» (AQSH) mutaxassislari o‘z mashinalariga eng sifatli motor o‘rnatuvchi avtomobilsozlik kompaniyalari reytingini tuzishdi.
Kompaniya 1996 yildan 2020 yilgacha ishlab chiqarilgan 15,5 millionta avtomobil haqida to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qildi.

Xususan, motorning nosozligidan va tekshirish kerakligidan darak beruvchi indikatorlar qanchalik ko‘p ishga tushgani (2019 yil 1 oktabridan 2020 yil 30 sentabrigacha davr) hisobga olingan.

Demak, «CarMD» talqini bo‘yicha yaponlar va nemislar peshqadam: birinchi o‘rinda — «Mitsubishi», ikkinchi — «Mercedes-Benz», uchinchi — «Volkswagen».

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda «Buick» va «Ford» avtomobillari. Top-10ga, shuningdek, «Mazda», «BMW», «GMC», «Subaru» va «Cadillac» avtomobillari kiritilgan.
Eng sifatli motor o‘rnatuvchi avtomobil kompaniyalari reytingi tuzildi (top-10)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.