«UzAuto Motors» eng ommabop avtomobillari sotuvini vaqtincha to‘xtatdi

«UzAuto Motors» eng ommabop avtomobillari sotuvini vaqtincha to‘xtatdi
Foto: «UzAuto Motors»
«UzAuto Motors» dilerlari yangi dasturiy ta’minotga o‘tayotgani sababli Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillariga shartnoma berish vaqtincha to‘xtatilgan.

Qayd etilishicha, GM Uzbekistan avtosalonlari shartnomalar va avtoulovlarni yetkazib berishni boshqarishning yangi tizimiga o‘tmoqda.

Shu bois, o‘tgan haftadan boshlab «UzAuto Motors» avtosalonlari Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti uchun shartnomalar tuzishni to‘xtatgan. Ba’zi avtosalonlarda Trecker 2 va Tahoe sotib olish uchun shartnoma tuzishning ham imkoni bo‘lmayapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.