Toshkentda avtomashinani 230 km tezlikda boshqargan «erkatoy»lar ushlandi

Toshkentda avtomashinani 230 km tezlikda boshqargan «erkatoy»lar ushlandi
Videodan kadr
Toshkent shahri ko‘chalarida 17-18 yoshli yigitlar qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanishgan, bundan tashqari YPX inspektorlarining to‘xtash ishorasiga ham pisand qilishmagan.

Biri o‘z mashinasiga «migalka»lar o‘rnatib yurgan, biri tezlikni 230 km.gacha oshirgan va bu holatlarni videoga olib tik-tokka joylashgan. Fotoradarga tushmaslik uchun esa davlat raqamlari yopib qo‘yilgan bo‘lgan. Eng dahshatlisi, ularning birortasida hali haydovchilik guvohnomasi yo‘q.

Qoidabuzarlardan birining uch kunda uyidan uch xil «inomarka» haydab chiqib atay qoidalarni buzishi bu bolalarning kimlarningdir «erkatoy»lari ekanini bildiradi. Qayd etilishicha, bu qoidabuzarlar qat’iy ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda to‘qqiz oy ichida 1682 nafar fuqaro YTHda vafot etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.