AI-80 markali benzin narxi pasaydi

AI-80 markali benzin narxi pasaydi
O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida 8 yanvar kuni ertalabki sessiyada o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra AI-80 markali avtomobil benzinining narxi pasaydi.

Qayd etilishicha, mahsulotning bir tonnasi 7 474,4 ming so‘mni tashkil qilgan. Bu avvalgi kunga, ya’ni 7 yanvarga nisbatan 6,3 foizga kamdir.

AI-80 markali avtomobil benzinning birjadagi narxi litrga o‘tkazilganda mahsulotning bir litri taxminan 5700 so‘mni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda «O‘zbekneftgaz» AJga tegishli AYOQSHlarda AI-80 markadagi benzin narxi 6500 so‘mdan sotilmoqda. Xususiy AYOQSHlarda esa narx 7000 so‘m atrofida bo‘lib turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.