UzAuto Motors Damas eshigi uzilib tushgani aks etgan videolavhaga munosabat bildirdi

UzAuto Motors Damas eshigi uzilib tushgani aks etgan videolavhaga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Damas avtomobilining eshigi uzilib tushgani, bunga UzAuto Motors aybdor qilib ko‘rsatilgani haqida videolavha tarqaldi. Kompaniya holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, UzAuto Motors yuz bergan hodisani batafsil o‘rganish uchun tekshirish ishlari olib borgan. Natijada Damas avtomobili yo‘lovchini manzilda qoldirgandan so‘ng, avtomobil eshigini yopmasdan turib harakatlanishni boshlagani aniqlangan. Ehtiyotkorsizlik sabab yo‘l chetida turgan Nexia avtomobilining bamperiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Kompaniya fuqarolardan asossiz xabar tarqatmaslikni, mijozlardan bu kabi tekshirilmagan ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘rab, tuhmat, yolg‘on, uydirma axborotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanganini eslatib o‘tgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.