Haydovchining mast holatda ekanini aniqlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (173-son, 12.04.2022 y.) bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ushbu nizomga haydovchilarning alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash tartibi kiritildi.
Mastlik holati alkotester yordamida hodisa joyida aniqlanishi mumkin. Tekshiruv kamida 2 ta xolis ishtirokida amalga oshiriladi (kuzatuv kamerasidan (body camera) foydalanilgan hollar mustasno).
Tekshiruvda etanol bug‘ 0,135 milligramm va undan ko‘p bo‘lganida haydovchiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, transportlarning tusi o‘zgartirilgan (tonirovka) oynalari me’yorlariga javob berishiga aniqlik kiritish uchun taumetr moslamasidan foydalaniladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ushbu nizomga haydovchilarning alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash tartibi kiritildi.
Mastlik holati alkotester yordamida hodisa joyida aniqlanishi mumkin. Tekshiruv kamida 2 ta xolis ishtirokida amalga oshiriladi (kuzatuv kamerasidan (body camera) foydalanilgan hollar mustasno).
Tekshiruvda etanol bug‘ 0,135 milligramm va undan ko‘p bo‘lganida haydovchiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, transportlarning tusi o‘zgartirilgan (tonirovka) oynalari me’yorlariga javob berishiga aniqlik kiritish uchun taumetr moslamasidan foydalaniladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













