Yevropadagi NATO kuchlariga rus tilini biluvchi yangi bosh qo‘mondon tayinlandi

Kristofer Kavoli.
Foto: «Nato.int»
Amerikalik general Kristofer Kavoli NATOning Yevropadagi qurolli kuchlari yangi bosh qo‘mondoni etib tayinlandi. Shimoliy Atlantika alyansi bu haqda o‘z rasmiy saytida bayonot berdi.
Kavoli ushbu lavozimda yozdan ish boshlaydi. U shu paytgacha AQSHning Yevropadagi harbiylariga qo‘mondonlik qilib kelgandi.
Hozircha NATOning Yevropadagi bosh qo‘mondoni lavozimida yana bir amerikalik, Pentagon harbiy-havo kuchlari generali Tod Uolters faoliyat yuritmoqda.
Kristofer Kavoli xorijiy tillarni yaxshi biladi, jumladan, rus, italyan, fransuz tillarida so‘zlasha oladi. Yel universitetining Rossiya va Sharqiy Yevropa tadqiqotlari magistri darajasiga ega.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Foto: «Nato.int»

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.