8 may kuni «Katta yettilik» Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qiladi

8 may kuni «Katta yettilik» Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qiladi
Foto: RT
Yakshanba, 8 may sanasida «Katta yettilik» yetakchilari yil boshidan beri uchinchi marotaba tashkil etilayotgan videoaloqada Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini muhokama qilishadi. Bu haqda BBC xabar berdi.

G‘arb dunyosi Yevropada Ikkinchi jahon urushining tugaganini nishonlaydigan 8 may kuni Fransiya, Germaniya, Kanada, AQSH, Italiya, Yaponiya va Buyuk Britaniya yetakchilari Ukraina prezidenti Zelenskiyni tinglashadi va Rossiyaga qarshi yana qanday sanksiyalarni qo‘llashni o‘ylab ko‘rishadi, deyiladi xabarda.

Prezident Jo Bayden AQSH «yangi sanksiyalarga ochiqligi»ni va dam olish kunlari bu masalada «Katta yettilik» yetakchilari bilan gaplashishini chorshanba, 4 may kuni aytgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.