Ukraina va Moldovaga Yevropa ittifoqiga nomzodlik maqomi berildi, xo‘sh, keyinchi?..

Ukraina va Moldovaga Yevropa ittifoqiga nomzodlik maqomi berildi, xo‘sh, keyinchi?..
Foto: Iz.ru
Yevroparlament Ukraina va Moldovaga Yevropa ittifoqiga nomzod maqomini berishni qo‘llab-quvvatladi va tegishli rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda Yevroparlament deputati Vladimir Bilchik o‘z telegram-kanalida ma’lum qildi.

Yevropa parlamentidan keyin yakuniy qarorni Yevropa kengashi qabul qiladi.

Albaniya bosh vaziri Edi Rama Yevropa ittifoqi sammiti boshlanishidan oldin Ukraina xalqiga nomzod maqomi borasida yolg‘on umidlarga yo‘l qo‘ymaslikni maslahat berdi.
Ukraina va Moldovaga Yevropa ittifoqiga nomzodlik maqomi berildi, xo‘sh, keyinchi?..
Edi Rama. Foto: RIA Novosti
«Shimoliy Makedoniya, adashmasam, 17 yildan beri, Albaniya 9 yildan beri nomzod. Biz Ukrainani qutlaymiz, nomzod maqomi berilishi yaxshi. Ammo umid qilamanki, Ukraina xalqi bu borada katta illyuziyalarga uchmaydi», — dedi Edi Rama.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.