«Hayotimdagi eng yaxshi uch yil». Mayk Tayson qamoqdagi vaqti haqida

«Hayotimdagi eng yaxshi uch yil». Mayk Tayson qamoqdagi vaqti haqida
Foto: Getty Images
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson qamoqda o‘tkazgan vaqtidan afsuslanmasligi haqida gapirdi.

- \"Bundan minnatdorman. U yerda hammaga yaxshi munosabatda bo‘lganman. Hayotimning eng yaxshi uch yilini qamoqda o‘tkazdim.

Millionlarim bo‘lmasa-da, lekin halovatga erishgandim. Tinch yashamas ekansiz, pul hech qanday ahamiyatga ega emas.

Balansni saqlash muhim. Aql-idrok hayotning barcha sohalarini belgilashi lozim
\", - dedi Mayk Tayson.

Eslatib o‘tamiz, sobiq jahon chempioni jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, uch yilga ozodlikdan mahrum qilingan. U 1992 yilda zo‘ravonlik sabab 6 yilga qamalgan, biroq 1995 yilda muddatidan oldin ozodlikka chiqqandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.