Ispaniyada buqalar bilan o‘tkazilgan poygalarda 22 kishi jarohat oldi (foto, video)

Ispaniyada buqalar bilan o‘tkazilgan poygalarda 22 kishi jarohat oldi (foto, video)
Foto: EPA
Ispaniyaning ko‘cha bo‘ylab buqalar bilan poyga o‘tkaziladigan San-Fermin festivalida uch kun ichida kamida 22 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.
Ispaniyada buqalar bilan o‘tkazilgan poygalarda 22 kishi jarohat oldi (foto, video)
Poygalarning birinchi kunida 6 kishi, ikkinchi kuni 8 kishi jarohat oldi, ularning aksariyatida jarohatlar yengil.
Ispaniyada buqalar bilan o‘tkazilgan poygalarda 22 kishi jarohat oldi (foto, video)
Bayramning uchinchi kuni jami 8 kishi jarohat oldi, ulardan uch nafarini buqalar shoxlari bilan suzib yuborgan.

«2022 yilning uchinchi va eng ommaviy ensierro poygasi birinchi marta dam olish kuniga to‘g‘ri keldi, shu sababli u oldingi ikki kunga qaraganda ko‘proq yuguruvchilarni qamrab oldi, tez sur’atda o‘tdi va uch kishining buqa suzib olishidan olgan jarohatlari bilan yakunlandi», — deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.