Ukrainadagi urushning 146-kuni: Rubejnoye va Xarkivda vayrongarchiliklar, Zaporijjyada yonayotgan dalalar (foto)

Ukrainadagi urushning 146-kuni: Rubejnoye va Xarkivda vayrongarchiliklar, Zaporijjyada yonayotgan dalalar (foto)
Ukrainadagi urushning 146-kuni. So‘nggi ma’lumotlar:
  • 18 iyul kuni «LXR» rasmiylari Donetsk oblastidagi Seversk shahri egallanganini xabar qildi. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi armiya RF kuchlarining Donetsk oblastidagi Seversk, Baxmut va Slovyansk shaharlari atrofida uyushtirgan hujumlarini bartaraf etgani haqida ma’lum qildi.
  • Ukraina qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy frontdagi vaziyat og‘irligi, ammo uni barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘linganini aytdi.
  • Ishg‘oldagi Xerson oblastida Rossiya tomonidan tayinlangan «amaldorlar» ukrain harbiylari Nova Kaxovka shahrini o‘qqa tutishgani, jabrlanuvchilar borligini ma’lum qilishdi.
  • Yevroittifoq Ukrainani qurollantirish uchun yana 500 mln yevro ajratishni ma’qulladi, yordamning umumiy hajmi 2,5 mlrd yevroni tashkil etadi.
  • «Harbiy feyklar» to‘g‘risidagi qonun tufayli faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan Rossiyaning «Dojd» telekanali 4,5 oylik tanaffusdan keyin yana efirga qaytdi. Jurnalistlar Rossiyadan ketishgan va Yevropaning to‘rt shahrida - Riga, Tbilisi, Amsterdam va Parijda ishlay boshlashgan.
  • Ukraina shaharlari — Xarkiv, Donbass shimoli va boshqalar — rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi davom etmoqda. Xarkivdagi turar joy binolarida kvartiralar shikastlangan — odamlar o‘z qo‘l kuchi bilan uylarini tuzatishga urinmoqda. Donbass shimolida Rubejnoye shahrida raketa zarbalari oqibatida vayrongarchiliklar; Chasiv Yar aholisi yerto‘lalarda yashashga majbur bo‘lmoqda. 18 iyul kuni Rossiya Zaporijjyadagi bug‘doy dalalarini o‘qqa tutdi.
  • Conflict Intelligence Team xabariga ko‘ra, jang qilishdan bosh tortgan shartnoma asosida xizmat qiluvchi rossiyalik harbiy xizmatchilar Ukraina bilan chegaraga qo‘riqchilar bilan olib kelinmoqda.

Quyida 18 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar:

Xarkiv
Ukrainadagi urushning 146-kuni: Rubejnoye va Xarkivda vayrongarchiliklar, Zaporijjyada yonayotgan dalalar (foto)
18 iyulga o‘tar kechasi rossiyaliklarning artilleriya zarbasidan shikastlangan turar joy binosidagi kvartira. Ushbu hujum natijasida qurbonlar qayd etilmagan
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 146-kuni: Rubejnoye va Xarkivda vayrongarchiliklar, Zaporijjyada yonayotgan dalalar (foto)
Xarkivliklar Pyatixatki mikrorayoniga berilgan zarbadan keyin balkonni ta’mirlashmoqda. Zarba natijasida derazalar singan, turar joy binosining ikki qavati va qo‘shni bino tomi, shuningdek hovlidagi ikki avtomobil ham shikastlangan.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Donbass shimoli
Ukrainadagi urushning 146-kuni: Rubejnoye va Xarkivda vayrongarchiliklar, Zaporijjyada yonayotgan dalalar (foto)
Luhansk oblastining Rubejno shahri ko‘chasida yonib ketgan tank yonidan velosipedda o‘tayotgan kishi. Rubejnoye Rossiya qurolli kuchlari tomonidan egallangan, ular iyun oyi oxirida ushbu shaharni ham o‘z ichiga oluvchi aglomeratsiyaga kirishgan.
Stanislav Krasilnikov / TASS

Ukrainadagi urushning 146-kuni: Rubejnoye va Xarkivda vayrongarchiliklar, Zaporijjyada yonayotgan dalalar (foto)
Rubejnoyelik kishi zarbalardan shikastlangan uyda taom tayyorlamoqda. Rossiya bosqiniga qadar bu yerda 60 mingdan ortiq kishi yashagan, hozirda shahar vayron bo‘lgan
Stanislav Krasilnikov / TASS

Ukrainadagi urushning 146-kuni: Rubejnoye va Xarkivda vayrongarchiliklar, Zaporijjyada yonayotgan dalalar (foto)
Rubejnoyeda yaralangan mahalliy aholi vakili.
Stanislav Krasilnikov / TASS

Ukrainadagi urushning 146-kuni: Rubejnoye va Xarkivda vayrongarchiliklar, Zaporijjyada yonayotgan dalalar (foto)
Chasiv Yardagi yerto‘lada rossiyaliklar raketa zarbasidan yaralangan turmush o‘rtog‘iga g‘amxo‘rlik qilmoqda. Bu oila yashagan kvartira vayron bo‘lgan. Shahar o‘qqa tutilgach, o‘nlab kishilar xarobalar ostida qolgan. RF mudofaa vazirligi «natsionalistlar»ga zarba berilganini iddao qilgan.
Metin Akt​as / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukrainadagi urushning 146-kuni: Rubejnoye va Xarkivda vayrongarchiliklar, Zaporijjyada yonayotgan dalalar (foto)
Kramatorskdagi Tinchlik maydoni. Mahalliy aholi vakili otishmalar oqibatlarini suratga olmoqda. 19 iyul kuni shahar meri Oleksandr Goncharenko zavodlarga raketa zarbalari yo‘llangani, rossiyalik harbiylar infratuzilmalarni yo‘q qilayotganini aytdi.
Metin Akt​as / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukrainadagi urushning 146-kuni: Rubejnoye va Xarkivda vayrongarchiliklar, Zaporijjyada yonayotgan dalalar (foto)
Ukrain harbiy xizmatchisi Donbassdagi front chizig‘ida FH-70 gaubitsasidan o‘t ochilgach, atrofni ko‘zdan kechirmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 146-kuni: Rubejnoye va Xarkivda vayrongarchiliklar, Zaporijjyada yonayotgan dalalar (foto)
Ukrain harbiylari oldingi chiziqdagi M777 gaubitsasini ishga tushirmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Zaporijjya
Ukrainadagi urushning 146-kuni: Rubejnoye va Xarkivda vayrongarchiliklar, Zaporijjyada yonayotgan dalalar (foto)
Zaporijjya oblastidagi Pologovsk rayonida rossiyalik harbiylar zarbasidan keyin yonib ketgan bug‘doy dalasi
Dmytro Smolyenko / Ukrinform / ZUMA Press Wire

Kiyev
Ukrainadagi urushning 146-kuni: Rubejnoye va Xarkivda vayrongarchiliklar, Zaporijjyada yonayotgan dalalar (foto)
Ukrain askarlari rossiyaliklarga qarshi janglarda halok bo‘lgan «Fanat» laqabli askarning tobutini ko‘tarishmoqda, dafn marosimi Kiyevdagi Avliyo Mixail soborida o‘tkazildi. Foto: AP Photo/Efrem Lukatsky
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.