Eron va «Tolibon» kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Eron va «Tolibon» kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
Afg‘oniston chegarasida Eron va «Tolibon» harbiy kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Siyeston va Belujiston viloyatining Hilmand (Xirmand) tumani rahbari Meysam Barazandega tayanib IRNA xabar bermoqda.

«Xirmand shahri yaqinida Eron Islom Respublikasi chegara qo‘shinlari va «Tolibon» kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi», dedi u.

Tuman rahbari chegarachilar va «Tolibon» guruhi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etayotganini ham ta’kidladi.

Ehtimoliy qurbonlar haqida Barazande aniq gap gapirmagan. To‘qnashuv sabablari hozircha noma’lum.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.