Ka’bani tavof qilgan Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari

Ka’bani tavof qilgan Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari
Kollaj: Xabar.uz
Makkai mukarramaga safar qilib, islom olamining yuragi – Ka’bani tavof qilish, haj va umra amallarini ado etish musulmonlarning eng ardoqli orzulari sirasiga kiradi. Markaziy Osiyo davlatlarining amaldagi prezidentlaridan to‘rt nafariga Allohning uyida mehmon bo‘lish nasib etgan.

O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy 18 avgust kuni Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘i muqaddas Makka shahrida bo‘lib, umra amallarini bajardi. Ka’batullohning ichiga kirish va u yerda namoz o‘qish ulug‘ sharaf sanaladi. Shavkat Mirziyoyev ana shunday sharafga muyassar bo‘ldi.
Ka’bani tavof qilgan Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari
Foto: President.uz
Qozog‘iston
Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev joriy yil 24 iyul kuni Makka shahrida umra ruknlarini bajardi. Qozog‘iston yetakchisiga ham Ka’bai muazzama eshigi ochildi.
Ka’bani tavof qilgan Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari
Foto: Akorda.kz
Tojikiston
Imomali Rahmonga salkam 30 yillik prezidentlik davrida to‘rt bor haj va umra amallarini ado etish nasib etgan (1997, 2001, 2005 va 2016 yillar). Tojikiston yetakchisi Ka’ba ichiga ikki bora kirgan sanoqli siyosatchilardan sanaladi.
Ka’bani tavof qilgan Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari
Foto: President.tj
Turkmaniston
Prezident Sardor Berdimuhammedov joriy yil 2 iyun kuni ilk xorijiy tashrif sifatida Saudiya Arabistoniga bordi hamda umra ziyoratini bajardi. Turkmanistonning yangi rahbariga ham Ka’ba ichiga kirish baxti nasib qildi.
Ka’bani tavof qilgan Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari
Foto: Tdh.gov.tm
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov hozircha Makka ziyoratiga bormadi. Ammo mazkur mamlakatning sobiq rahbarlari Almazbek Atambayev (2014) va Sooronbay Jeenbekov (2019) umra ruknlarini ado etgan.

Mintaqa sobiq prezidentlaridan Islom Karimov (1992), Nursulton Nazarboyev (1994) va Gurbanguli Berdimuhammedov (2016) ham muqaddas ziyoratni amalga oshirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.