Xitoy janubi-g‘arbida yuz bergan tosh ko‘chkisi oqibatida 5 kishi hayotdan ko‘z yumdi


Xitoyning Sichuan provinsiyasida yuz bergan baxtsiz hodisa 5 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Xitoy markaziy telekanalining xabar qilishicha, tosh ko‘chishi oqibatida 10 kishi jabrlangan.
Fojea Yaan shahar okrugi Tyansyuan uezdidagi shosseda sodir bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, 4 ta mashina toshlar ostida qolib ketgan.
Jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga etkazilgan. Avtomobil yo‘lida harakat vaqtincha to‘xtatilgan. Hodisa joyida qutqaruvchilar yo‘lni toshlardan tozalamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













