Ukrainadagi urushning 245-kuni: Xarkivda yarim yil bunkerda yashagan kishi va Ukrainaning qorong‘i ko‘chalari (foto)

Rossiya «Grom» strategik yadroviy kuchlari mashg‘ulotlarini o‘tkazdi, bu joriy yildagi ikkinchi shunday mashg‘ulot. Dmitriy Peskov urushga safarbar qilinganlar uchun zarur anjomlar yetishmayotganini tan oldi, lekin «vaziyatni to‘g‘rilash uchun shoshilinch choralar ko‘rilayotgani»ni ma’lum qildi.

«Tayga.info» nashri yozishicha, Sibir regionidan safarbar qilinganlarning deyarli yarmining oilasi bazo‘r tirikchilik qiladi. Rossiyada safarbar qilingan shaxsga nisbatan qochish bo‘yicha birinchi ish ochildi. Polsha Senati Rossiya Federatsiyasi hukumatini «terrorchi rejim» deb e’lon qildi.

Anneksiya qilingan «DXR» hududidagi Shaxtyorsk shahri meri Aleksandr Shatov Ukraina qurolli kuchlari shaharni o‘qqa tutgani haqida ma’lum qildi. Shaharda neft baza, yonilg‘i baklari, xususiy turar joy binolari va avtovokzal binosi yonib ketdi.

Quyida 26 oktabr, urushning 245-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv oblastining Supivka qishlog‘ida qolgan yagona odam
Ukrainadagi urushning 245-kuni: Xarkivda yarim yil bunkerda yashagan kishi va Ukrainaning qorong‘i ko‘chalari (foto)
Xarkiv oblasi Supivka qishlog‘idagi temiryo‘l yonida majaqlangan mashina. Supivka urushning ilk kunlaridayoq bosib olingan, bahor oxiri va yoz boshida qishloq uchun shiddatli janglar kechgan. Xarkiv oblasti ma’muriyatiga ko‘ra, Ukraina kuchlari 15 sentyabr kuni Supivkani ozod qildi.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 245-kuni: Xarkivda yarim yil bunkerda yashagan kishi va Ukrainaning qorong‘i ko‘chalari (foto)
Devorda «Stop zloy zampolit» (Yovuz siyosatchini to‘xtating) yozuvi
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 245-kuni: Xarkivda yarim yil bunkerda yashagan kishi va Ukrainaning qorong‘i ko‘chalari (foto)
Vayron bo‘lgan uyda derazalar o‘rni eshik bilan yopilgan
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 245-kuni: Xarkivda yarim yil bunkerda yashagan kishi va Ukrainaning qorong‘i ko‘chalari (foto)
65 yoshli Mixaylo Yurkov olti oy davomida bunkerda yashirinib yotgan. Jang vaqtida Supivkadagi Tatarka daryosi ustidan o‘tgan ko‘prik vayron bo‘lgach, posyolka ikkiga bo‘lindi. Yurkov posyolkaning ikkinchi qismida yolg‘iz qolib ketgan.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 245-kuni: Xarkivda yarim yil bunkerda yashagan kishi va Ukrainaning qorong‘i ko‘chalari (foto)
Mixaylo Yurkov olti oy bunkerda yashaganidan so‘ng uyiga qaytib keldi. Otishma paytida uy jiddiy shikastlangan, shuning uchun Mixaylo stulni ovqatlanadigan stol sifatida ishlatib turibdi.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 245-kuni: Xarkivda yarim yil bunkerda yashagan kishi va Ukrainaning qorong‘i ko‘chalari (foto)
Mixaylo Yurkov Supivka ozod qilinguniga qadar olti oy davomida o‘zi yashirinib yotgan bunker eshigini ochmoqda
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 245-kuni: Xarkivda yarim yil bunkerda yashagan kishi va Ukrainaning qorong‘i ko‘chalari (foto)
Supivka qishlog‘ida vayron bo‘lgan uy yonidagi yakson etilgan harbiy yuk mashinasi
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina shaharlarida elektr o‘chishi
Ukrainadagi urushning 245-kuni: Xarkivda yarim yil bunkerda yashagan kishi va Ukrainaning qorong‘i ko‘chalari (foto)
Dnepr shahridagi ko‘prik. Rossiyaliklar zarbalari (asosan 10 oktabr kungi) vaqtida shikastlangan energetika infratuzilmasini tiklash maqsadida Ukraina hukumati butun mamlakat bo‘ylab elektr energiyasini bir necha soatga uzib qo‘yishga qaror qildi. Shaharlarda ko‘chalarni yoritish cheklanmoqda.
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 245-kuni: Xarkivda yarim yil bunkerda yashagan kishi va Ukrainaning qorong‘i ko‘chalari (foto)
Kiyevdagi bar
Ukrainadagi urushning 245-kuni: Xarkivda yarim yil bunkerda yashagan kishi va Ukrainaning qorong‘i ko‘chalari (foto)
Dneprdagi bar
Ukrainadagi urushning 245-kuni: Xarkivda yarim yil bunkerda yashagan kishi va Ukrainaning qorong‘i ko‘chalari (foto)
Odessa aholisi mobil telefonlar chirog‘i bilan yo‘lni yoritmoqda
Donetsk yaqinidagi neft bazada yong‘in
Ukrainadagi urushning 245-kuni: Xarkivda yarim yil bunkerda yashagan kishi va Ukrainaning qorong‘i ko‘chalari (foto)
Donetsk oblastining Shaxtyorsk shahridagi neft baza atrofida turgan o‘t o‘chiruvchi. «DXR» ma’muriyatiga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari hujumi oqibatida neft baza yonib ketgan. Yong‘in yonilg‘i baklariga, keyin esa xususiy turar joy binolari va avtovokzal binosiga o‘tgan.
Ilfat Kinzyabayev / TASS

Ukrainadagi urushning 245-kuni: Xarkivda yarim yil bunkerda yashagan kishi va Ukrainaning qorong‘i ko‘chalari (foto)
Shaxtyorskdagi neft bazada chiqqan yong‘inni o‘chirish jarayoni. Vokzal atrofidagi uylar aholisi evakuatsiya qilingan, jabrlanganlar yo‘q.
Valentin Sprinchak / TASS
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.