Bu rekord. Apple'ning yillik moliyaviy natijalari — u qariyb 400 mlrd dollar ishlagan

Foto: iphones.ru
Apple kompaniyasi 2022 yilning uchinchi choragi uchun hisobotni e’lon qildi. Bu AQSHda to‘rtinchi moliyaviy chorakka to‘g‘ri keladi. Kompaniya shuningdek moliyaviy yil (2021 yilning 1 oktabridan 2022 yil 30 sentyabrigacha) natijalarni ham sarhisob qildi.
Kompaniyaning chorak ichidagi tushumi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 foizga o‘sgan va 90,1 mlrd dollarlik rekord ko‘rsatkichga yetgan. Sof foyda 20,7 mlrd yoki har bir aksiyaga 1,29 dollardan tushgan.
Kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha:
«Sentyabr choragidagi bizning rekord ko‘rsatkichlarimiz murakkab va beqaror makroiqtisodiy fonga qaramasdan, samarali ishlay olishimizdan dalolat beradi», — degan Apple moliya direktori Luka Maestri.
Moliya yili ichida Apple 394,3 mlrd dollar ishlab topgan va bu o‘tgan yilgidan 8 foizga ko‘proq. Sof foyda ham rekord o‘rnatgan va 99,8 mlrd dollarga yetgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Apple kompaniyasi 2022 yilning uchinchi choragi uchun hisobotni e’lon qildi. Bu AQSHda to‘rtinchi moliyaviy chorakka to‘g‘ri keladi. Kompaniya shuningdek moliyaviy yil (2021 yilning 1 oktabridan 2022 yil 30 sentyabrigacha) natijalarni ham sarhisob qildi.
Kompaniyaning chorak ichidagi tushumi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 foizga o‘sgan va 90,1 mlrd dollarlik rekord ko‘rsatkichga yetgan. Sof foyda 20,7 mlrd yoki har bir aksiyaga 1,29 dollardan tushgan.
Kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha:
- iPhone: 42,63 mlrd dollar;
- Mac: 11,51 mlrd dollar;
- iPad: 7,17 mlrd dollar;
- Olib yuriladigan qurilmalar, uy uchun gadjetlar va aksessuarlar: 9,65 mlrd dollar;
- Servislar: 19,19 mlrd dollar.
«Sentyabr choragidagi bizning rekord ko‘rsatkichlarimiz murakkab va beqaror makroiqtisodiy fonga qaramasdan, samarali ishlay olishimizdan dalolat beradi», — degan Apple moliya direktori Luka Maestri.
Moliya yili ichida Apple 394,3 mlrd dollar ishlab topgan va bu o‘tgan yilgidan 8 foizga ko‘proq. Sof foyda ham rekord o‘rnatgan va 99,8 mlrd dollarga yetgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













