Xaker “Joker”: Ukraina harbiy rahbariyatining barcha rejalari oshkor bo‘ldi

Xaker “Joker”: Ukraina harbiy rahbariyatining barcha rejalari oshkor bo‘ldi
Ukraina harbiy qo‘mondonligining “mutlaqo barcha” rejalari fosh qilindi va “tegishli joy”ga yetkazildi. Bu haqda RIA Novostiga Ukrainadan Donetsk xalq respublikaga ko‘chib o‘tgan “Joker” taxallusli ukrainalik xaker ma’lum qildi.

Mutlaqo hammasi. Ukraina qo‘mondonligining o‘z askarlari va RF harbiylari haqidagi barcha ma’lumotlari. Yuklab olingan ko‘plab ma’lumotlar allaqachon tegishli joyga berildi, men faqat oz qismini ko‘rsatdim”, - degan xaker.

“Joker” Amerikaning Ukraina qo‘shinlarini boshqarish uchun mo‘ljallangan DELTA qo‘mondonlik dasturini buzishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda u avvalroq Telegram-kanalida yozgan edi. DELTA’ga ukrain qo‘shinlari va dushman qo‘shinlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar, shu jumladan jihozlarning koordinatalari va xodimlar soni ham kiritiladi. Razvedka ma’lumotlari kelganida ma’lumotlar muntazam ravishda yangilanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.