Rossiya Turkmanistonga 3 mingdan ortiq Yangi yil archasini yubordi

Rossiya Turkmanistonga 3 mingdan ortiq Yangi yil archasini yubordi
Foto: «Xronika Turkmenistana»
Rossiya Turkmanistonga Yangi yil archalarining birinchi partiyasini jo‘natdi. Bu haqda «Rosselxoznadzor» matbuot xizmatiga tayanib, «Xronika Turkmenistana» xabar berdi.

Birinchi partiya Perm o‘lkasidan yuborilgan 3600 ta daraxtni o‘z ichiga oladi, deyiladi xabarda.

Mahsulotlar laboratoriya nazoratidan o‘tgan, ularning egasiga uchta fitosanitariya sertifikati berilgan.

Rossiyada noyabr oyining boshidan buyon jami 20 ming donadan ortiq Yangi yil archalari (archa va qarag‘ay) ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan.

Ignabargli daraxtlarning qolgani tez orada Perm o‘lkasidan Turkmaniston va Rossiya tarkibidagi hududlarga jo‘natiladi, deyiladi «Rosselxoznadzor» xabarida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.