Italiyada ko‘chki oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi (video)

Foto: AFP
Italiyaning Iskiya orolida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan ko‘chki qurbonlari soni yetti nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Neapol prefekturasi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida yana uch nafar qurbonning jasadi topildi. Avvalroq to‘rt qurbon haqida ma’lum bo‘lgandi.
Halok bo‘lganlar orasida chaqaloq hamda 6 va 11 yoshli ikki bola bor. Besh kishi bedarak yo‘qolgan. Orolda favqulodda holat e’lon qilingan, qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Tabiiy ofat oqibatida 230 kishi uylaridan evakuatsiya qilingan, 30 ga yaqin uy vayron bo‘lgan. Hodisada yetkazilgan zararni bartaraf etish uchun hukumat 2 million yevro ajratdi.
Italiyada ko‘chki 26 noyabr kuni tongda kuchli yomg‘ir tufayli sodir bo‘lgan. Orolda, meteorologik xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, 120 mm yog‘ingarchilik kuzatilgan. 8 ming aholi istiqomat qiluvchi Kazamichchola-Terme shahriga loy va toshli suv oqimlari kelib tushgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Italiyaning Iskiya orolida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan ko‘chki qurbonlari soni yetti nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Neapol prefekturasi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida yana uch nafar qurbonning jasadi topildi. Avvalroq to‘rt qurbon haqida ma’lum bo‘lgandi.
Halok bo‘lganlar orasida chaqaloq hamda 6 va 11 yoshli ikki bola bor. Besh kishi bedarak yo‘qolgan. Orolda favqulodda holat e’lon qilingan, qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Italiyaning Iskiya orolida kuchli yog‘ingarchilik ortidan ko‘chki yuz berdi. Oqibatda 7 kishi halok bo‘ldi pic.twitter.com/7UfxuXgxFY
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) November 28, 2022
Tabiiy ofat oqibatida 230 kishi uylaridan evakuatsiya qilingan, 30 ga yaqin uy vayron bo‘lgan. Hodisada yetkazilgan zararni bartaraf etish uchun hukumat 2 million yevro ajratdi.
Italiyada ko‘chki 26 noyabr kuni tongda kuchli yomg‘ir tufayli sodir bo‘lgan. Orolda, meteorologik xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, 120 mm yog‘ingarchilik kuzatilgan. 8 ming aholi istiqomat qiluvchi Kazamichchola-Terme shahriga loy va toshli suv oqimlari kelib tushgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













