Lavrov Rossiyaning AQSH bilan muloqotga qaytishi shartini aytdi

Lavrov Rossiyaning AQSH bilan muloqotga qaytishi shartini aytdi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kremlning AQSH bilan muloqotga qaytishi shartini aytdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Vashington bu shartni amalga oshirishi uchun kuch topishi ehtimoli kam.

«Agar g‘arblik suhbatdoshlarimiz o‘z xatolarini tushunib, dekabr oyida biz taklif qilgan hujjatlar muhokamasiga qaytishga tayyor ekanini bildirsa, bu ijobiy fakt bo‘ladi. Shart amalga oshsa, AQSH bilan muloqotga tayyormiz», — dedi u.

Lavrovning ta’kidlashicha, AQSH «bu takliflarni rad etgani uchun allaqachon muloqotni qayta tiklash istiqbollariga mutlaqo zid bo‘lgan qadamlar qo‘yilgan».

Qadam sifatida Lavrov NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning Ukraina g‘alaba qozonmasa, uning alyansga a’zoligi masalasi «muhokama qilinmasligi» haqidagi bayonotini tilga olgan.

«Bunday bayonotlarning mas’uliyatsizligini siyosatdan ozgina xabardor bo‘lgan har qanday odam tushunadi», —degan u.

Avvalroq Lavrov Birlashgan millatlar tashkilotiga murojaat qilib, Ukraina masalasida xolis chiziqda turishga chaqirgandi. U xolis va muvozanatli chiziq «mojaroli vaziyatlarni uzoq muddatga hal etishga erishish va xalqaro tinchlik hamda xavfsizlikni ta’minlashga yordam berishini ta’kidlagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.