Misr O‘rta yer dengizida katta “xazina” topdi

Misr hukumati O‘rta yer dengizidagi Nargis qudug‘ida katta tabiiy gaz zahirasi topilganini bildirdi.
Misrning al-Ahram gazetasi xabariga ko‘ra, neft va mineral resurslar vaziri Tariq al-Molla energiya qo‘mitasi yig‘ilishida yangi topilma yuzasidan bayonot berilgan.
Vazir Misrdagi birinchi dengiz burg‘ilash qudug‘i bo‘lgan Nargis konidagi gaz zahirasini baholash hali yakuniga yetmaganini aytib, bu zahira Zohr konidan keyingi eng muhim topilma ekanini bildirdi.
Mollaning aytishicha, ushbu quduqdagi zahira miqdori haqida batafsil ma’lumot yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
2015 yili Italiyaning Eni kompaniyasi Misr qirg‘oqlari yaqinidagi Zohr hududida tabiiy gaz konini topgandi.
Yangi konda 3,5 trillion kub gaz zaxirasi borligi taxmin qilinmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Misrning al-Ahram gazetasi xabariga ko‘ra, neft va mineral resurslar vaziri Tariq al-Molla energiya qo‘mitasi yig‘ilishida yangi topilma yuzasidan bayonot berilgan.
Vazir Misrdagi birinchi dengiz burg‘ilash qudug‘i bo‘lgan Nargis konidagi gaz zahirasini baholash hali yakuniga yetmaganini aytib, bu zahira Zohr konidan keyingi eng muhim topilma ekanini bildirdi.
Mollaning aytishicha, ushbu quduqdagi zahira miqdori haqida batafsil ma’lumot yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
2015 yili Italiyaning Eni kompaniyasi Misr qirg‘oqlari yaqinidagi Zohr hududida tabiiy gaz konini topgandi.
Yangi konda 3,5 trillion kub gaz zaxirasi borligi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













