Argentina prezidenti nega finalga tashrif buyurmasligini ma’lum qildi

Argentina prezidenti nega finalga tashrif buyurmasligini ma’lum qildi
Argentina prezidenti Alberto Fernandes JCH-2022 finaliga kelmasligini malum qildi.

Ta’kidlash kerakki, Argentina terma jamoasi bugun hal qiluvchi bahsda Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da.

Millionlab vatandoshlarim kabi men ham o‘z uyimdagi jahon chempionati finalidan zavqlanaman. Men bu ajoyib onlarni avvalgidek, xalqim bilan birga o‘tkazaman.

Bizning eng yaxshi o‘yinchilarimiz maydonda, muxlislarimiz esa tribunada bo‘lishadi
”, - deb yozdi Alberto Fernandes o‘zining tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron final o‘yinini tomosha qilish uchun Qatarga kelishini ma’lum qilgan. U bundan avval Fransiya terma jamoasi ishtirokidagi yarim final bahsiga ham tashrif buyurgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.