Prigojin Rossiyada YouTube taqiqlanishini aytdi

Foto: Getty Images
«Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiyada mashhur YouTube sayti tez orada yopilishini e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, videoxostingdan foydalanganlik uchun jazo barcha rossiyaliklarga ta’sir qiladi. Bu haqda Prigojinning shaxsiy matbuot xizmati xabar berdi.
«Endi sizlarga bir sirni aytaman. O‘zini xuddi qatnashayotgandek ko‘rsatadigan, aslida bizga maxsus operatsiyada xalaqit beradigan, 9 may kuni Rossiya bayrog‘ini ko‘taradigan, lekin qarindoshlarini xorijga jo‘natadigan, Dubayda golf o‘ynaydiganlar tishini qanchalik g‘ijirlatmasin, YouTube tez orada yopiladi. YouTube\'dan faol foydalanayotganlar esa, o‘z navbatida, aniqlanib, munosib jazosini oladi», dedi u.
Avvalroq, Prigojin Rossiya Bosh prokuraturasiga murojaat qilib, YouTube faoliyatini tekshirish va Rossiya hududida uni taqiqlashni so‘ragan edi.
Shu bilan birga, dunyoning yetakchi ijtimoiy tarmoqlaridan Facebook, Instagram va Twitter 2022 yil mart oyidan beri Rossiya hududida taqiqlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiyada mashhur YouTube sayti tez orada yopilishini e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, videoxostingdan foydalanganlik uchun jazo barcha rossiyaliklarga ta’sir qiladi. Bu haqda Prigojinning shaxsiy matbuot xizmati xabar berdi.
«Endi sizlarga bir sirni aytaman. O‘zini xuddi qatnashayotgandek ko‘rsatadigan, aslida bizga maxsus operatsiyada xalaqit beradigan, 9 may kuni Rossiya bayrog‘ini ko‘taradigan, lekin qarindoshlarini xorijga jo‘natadigan, Dubayda golf o‘ynaydiganlar tishini qanchalik g‘ijirlatmasin, YouTube tez orada yopiladi. YouTube\'dan faol foydalanayotganlar esa, o‘z navbatida, aniqlanib, munosib jazosini oladi», dedi u.
Avvalroq, Prigojin Rossiya Bosh prokuraturasiga murojaat qilib, YouTube faoliyatini tekshirish va Rossiya hududida uni taqiqlashni so‘ragan edi.
Shu bilan birga, dunyoning yetakchi ijtimoiy tarmoqlaridan Facebook, Instagram va Twitter 2022 yil mart oyidan beri Rossiya hududida taqiqlangan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













