Hindistonda avtobusning ag‘darilishi natijasida 12 kishi halok bo‘ldi


Hindistonning shimolida yo‘lovchi avtobusning daraga qulab ketishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” nashri xabar bermoqda.
Avtobusning qulashi natijasida yana sakkiz kishi tan jarohati olgan. Ushbu hodisa Uttarakxand shtatida ro‘y berdi. Yo‘lovchilar Masi punktidan Rammangar shahriga yo‘l olishgandi.
Hozirgi paytda qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













