O‘rtaer dengizidan suzib o‘tayotgan qayiq cho‘kib ketdi


Evropaga o‘tish maqsadida O‘rtaer dengizidan suzib o‘tayotgan qayiq birdaniga cho‘kib ketdi. Qayiq ichida 20dan ortiq muhojirlar bo‘lgan, deb xabar beradi “TASS”.
Muhojirlar bo‘lgan qayiq sohildan 65 kilometr uzoqlikda sohil qo‘rliqlash xodimlari tomonidan aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, 20 dan 30 nafargacha muhojirlar cho‘kib ketganligi aniqlangan.
Muhojirlar bo‘yicha xalqaro tashkilotning bergan xabariga ko‘ra, shu yilning boshidan buyon Evropa mamlakatlariga O‘rtaer dengizi orqali 191 ming muhojir kechib o‘tgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













