Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov markaziy masjidda namoz o‘qib, iftorlik qildi (foto)

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov markaziy masjidda namoz o‘qib, iftorlik qildi (foto)
\"\"
Foto: AKIpress

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov masjidda namoz o‘qib, barcha kelganlar uchun iftorlik tashkil qildi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Sadir Japarov yig‘ilganlar oldida qisqacha nutq so‘zlab, ularni muqaddas Ramazon oyi bilan tabriklagan.

\"\"
Foto: AKIpress
\"\"
Foto: AKIpress
\"\"
Foto: AKIpress

Siyosatchi insonning har tomonlama poklanishiga xizmat qiluvchi qadriyatlar ulug‘lanayotganini aytgan. Bu odamlarni birlashtirib, mehr-oqibatli qilishi, ko‘p millatli jamiyatda tinchlik va totuvlikni saqlashga hissa qo‘shishini qayd etgan.

Qirg‘iz xalqining barcha ezgu niyatlari, ezgu o‘ylari amalga oshsin!”, — degan Japarov.

\"\"
Foto: AKIpress
\"\"
Foto: AKIpress
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.